Login to make your Collection, Create Playlists and Favourite Songs

Login / Register
Ko’krak saratoni
Ko’krak saratoni

Ko’krak saratoni

00:42:14
Report
Navbatdagi sonimiz mehmoni — onkomammolog Abdusattarova Oqila MansurovnaSuhbatimiz davomida quyidagi mavzularni ko‘rib chiqdik:— Ko‘krak bezida uchraydigan eng keng tarqalgan kasalliklar va ularning belgilari.— Ko‘krakda paydo bo‘ladigan tugun, og‘riq va boshqa o‘zgarishlar qachon xavotirga sabab bo‘lishi kerak?— Ko‘krak bezi saratonining dastlabki belgilari qanday?— Ko‘krak bezi saratoni rivojlanishiga qanday omillar ta’sir qiladi?— Yosh ayollarda ham ko‘krak bezi saratoni uchrashi mumkinmi?— Mammografiya, UTT va MRT tekshiruvlarining farqi nimada va qaysi holatda qaysi biri tavsiya etiladi?— Ko‘krak bezini o‘z-o‘zini tekshirish qanchalik muhim?— Ko‘krak bezi saratonining oldini olish va erta aniqlash imkoniyatlari qanday?— Tashxis qo‘yilgan taqdirda davolashning qanday zamonaviy usullari mavjud?Ushbu suhbat orqali ayollarni ko‘krak bezi salomatligiga befarq bo‘lmaslikka, tanasidagi o‘zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaslikka va muntazam profilaktik tekshiruvlardan o‘tishga undamoqchimiz.Chunki ko‘krak bezi saratonida erta tashxis — davolash samaradorligini oshirishdagi eng muhim omillardan biridir.Muallif va boshlovchi: Maftuna BurxanovaProdyuser: Tatyana KimRassom: Sofiya SeytkhalilMusiqa: Amaliya Aybusheva, Azizbek Usmonov Tashkent Film School jamoasiga, yozish uchun joy va jihozlarni taqdim etgani uchun alohida rahmat.Mazkur mavsum O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Ko’krak saratoni

View more comments
View All Notifications